15:10 / 02.10.2019
0
12210
WebMoney  – elektron hamyondan ham ko‘proq degani

Toshkentda o‘tkazilgan ICT Week 2019 O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida elektron tijoratni rivojlantirish rejalariga katta e'tibor qaratildi.

WebMoney Transfer tizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Pyotr Daraxvelidzening nutqi e-tijorat sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi. Biz u bilan O‘zbekistonning to‘lov bozorida qanday yangiliklar paydo bo‘lishini, elektron hamyonlarning xususiyatlarini va onlayn to‘lovlarning qanchalik xavfsizligini muhokama qilish uchun uchrashdik.

  • Bu yil yozda WebMoney so‘mdagi WMY hamyonlarining ishga tushirilishini ma'lum qilgan edi. Siz o‘zbek foydalanuvchilarga nimalarni taklif qilishingiz mumkin?
  • O‘zbekistonda biz o‘z hamkorlarimiz bilan o‘zaro uzviy bog‘liq ishlar olib bormoqdamiz - WMY bo‘yicha tizim kafili maqomini moliyaviy texnologiyalar sektoridagi Brio Group kompaniyasi oldi. WebMoney foydalanuvchilarga qulay interfeys va o‘tkazmalar xizmatiga ega dasturni taqdim etadi. Kafil, o‘z navbatida, texnologiyani mahalliy qonunchilik va mahalliy bozorning xususiyatlari bilan moslashtiradi.

Hozirgi vaqtda bizda uchta vazifa mavjud: hisobni to‘ldirishning arzon va oson usullarini taqdim etish, interfeysni o‘zbek tiliga o‘tkazish, shuningdek WMY-hamyonni global internet-do‘konlar va xizmatlarga, masalan, AliExpress tizimiga maksimal darajada kirish imkoniyatini ta'minlash.

Umid qilamizki, WMY-hamyon kundalik to‘lovlar va mashhur tovarlar va xizmatlarni to‘lash uchun qulay vosita bo‘ladi. Kimgadir esa, WebMoney o‘z ishini ochishga va internetda qonuniy pul topishga yordam beradi.

  • WebMoney tizimining boshqa elektron hamyonlardan qanday farqi bor?
  • WebMoney –  bu pul mablag‘larini o‘tkazish uchun elektron hamyondan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega tizimdir, biz internetda biznes yuritish uchun biznes muhitini yaratishga alohida e'tibor qaratamiz. Shuningdek, bizning hamyonni boshqarish dasturlarimizda mablag‘larni almashish uchun interfeys, o‘rnatilgan messenjer, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturdan video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati va mavzular bo‘yicha guruhlar yaratish va munozaralarni o‘tkazish mumkin bo‘lgan WebMoney Evens biznes tarmog‘iga kirish imkoniyati mavjud.

Umuman tizimda o‘nlab xizmatlar mavjud: frilancerlar birjasi, mablag‘ yig‘ish va jamoaviy xaridlar uchun platforma, escrow xizmati, fayllar saqlanadigan ombor va ko‘plab boshqalar. Tizim ushbu xizmatlarning ko‘pchiligidan foydalanish imkoniyati uchun qo‘shimcha to‘lov olmaydi.

  • Xaridorlarning noma'lum internet-do‘konlarda to‘lashdan qo‘rqishi elektron tijoratni rivojlantirishdagi to‘siqlardan biridir. Bu qo‘rquvlar qanchalik asosli?
  • WebMoney tizimida sotuvchi maqomini olish uchun “KYC” (know your customer – o‘z mijozingni bil) standartlariga muvofiq tegishli tekshiruvdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Tizimda, shuningdek, noinsof sotuvchiga nisbatan shikoyat qilish imkoniyati ham nazarda tutilgan, bunday holatlarning har biri batafsil ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, ishonchlilikni baholash uchun qo‘shimcha vositalar mavjud. Ulardan biri Business Level (BL) - WebMoney Transfer tizimi a'zosining ishdagi faollik darajasi. BL ko‘rsatkichi tizimdan foydalanishning davomiyligi, ishtirokchiga nisbatan e'tirozlarning mavjudligi, o‘tkazmalar hajmi, korrespondentlar soni haqidagi ma'lumotlar asosida hisoblanadi. BL qanchalik yuqori bo‘lsa, siz ishonchli sotuvchi yoki biznes hamkor bilan ishlayotganligingiz ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi.

  • O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida qanday istiqbollarni ko‘ryapsiz?
  • Umumjahon trend – bu transchegaraviy elektron savdoning jadal o‘sishidir. WebMoney yordamida O‘zbekistondagi internet-do‘konlar egalari chet ellik xaridorlardan to‘lovlarni dollar, yevro, rubl va boshqa valutalarda qonuniy ravishda qabul qilib olishlari mumkin. Bu rivojlanish uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
  • Elektron hamyon bilan nafaqat internetda, balki haqiqiy do‘konlarda ham to‘lash imkoniyati mavjudmi?
  • Albatta! Tizimning yechimi kafe, restoran va do‘konlar egalariga POS-terminal sotib olishga mablag‘ sarflamasdan, naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilishga imkon beradi. Mijoz faqatgina WebMoney Keeper mobil ilovasi orqali QR-kodini skanerlashi va operatsiyani tasdiqlashi kerak bo‘ladi. O‘tkazmalar bir zumda sodir bo‘ladi.

Facebook: fb.com/webmoneyWMY
Instagram: instagram.com/webmoney.uzb
Telegram: t.me/wmy_uzb

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top