13:18 / 02.10.2019
0
1875
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatining agro-oziq-ovqat sektorini rivojlantirish strategiyasi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi
Foto: AFP

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va qishloq aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun yordamni yanada kengaytirishni va 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan agro-oziq-ovqat sektorini rivojlantirish bo‘yicha yangi hukumat strategiyasini amalga oshirishda yordam berishni rejalashtirmoqda. 

«Biz yaxshi hayot uchun qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tarafdorimiz», dedi elchi Stiprays.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlash va sektor islohotlarini tezlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga yordam berishni istaydi. Hukumat tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun yaqinda e'lon qilingan strategiya loyihasi aniq yo‘l xaritasiga ega. Ushbu strategiya rasmiy qabul qilinganidan va amalga oshirilgandan so‘ng, hukumat bu sektor uchun yangi va takomillashtirilgan jamoat xizmatlarini yaratish, shuningdek, fermerlar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash va erkinlikni ta'minlab berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shishi kerak.

Ushbu strategiya loyihasini e'lon qilish bilan, hukumat mamlakat qishloq xo‘jaligidagi real va doimiy o‘zgarishlarga sodiqligini va qat'iyligini yana bir bor tasdiqladi. Agar ushbu strategiya loyihasi hozirgi shaklda qabul qilinsa, 2017 yil boshidan buyon Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy etilgan islohotlar va erkinlashtirish to‘lqinlarining saqlanib qolishi va kengayishini ta'minlaydi.  

Strategiyada paxta va bug‘doy yetishtirishning tarixiy yondoshuvidan boshqa muqobil ekinlarga bosqichma-bosqich o‘tish rejasi belgilangan bo‘lib, unda, masalan O‘zbekiston an'anaviy bozorlarga va Osiyo va YeIdagi boshqa tez rivojlanayotgan bozorlarga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan ba'zi qimmatbaho bog‘dorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda nisbatan ustunlikka ega. Ushbu yangi eksport bozorlarining ehtiyojlarini qondirish uchun davlat va xususiy sektorda agro-oziq ovqat ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va tizimlarini jiddiy ravishda qayta qurish va rivojlantirish talab etiladi.

Ushbu maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, bu transformatsiya paxta va bug‘doy kabi suvni ko‘p talab qiladigan ekinlarni yetishtirishga bog‘liqlikni kamaytirish hisobiga, mamlakatning tabiiy zaxiralarini himoya qilishga muhim hissa qo‘shadi. Qimmatbaho qishloq xo‘jalik ekinlarini diversifikatsiya qilish, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab qishloq sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top