11:11 / 03.10.2019
1
11771

Namanganda parrandachilik fabrikasi yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 2 oktabr kuni soat 00:38da Namangan viloyati Kosonsoy tumani Navbahor MFY hududida joylashgan xususiy tadbirkorga tegishli parrandachilik fabrika binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 00:52da o‘rab olinib, soat 01:22da bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida parrandachilik fabrikasining 70 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan fabrikaning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top