11:20 / 03.10.2019
0
14444
O‘zbekiston va KXShT mavzusi. Matviyenko masala hozircha kun tartibida emasligini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga qaytishi masalasi ayni damda kun tartibida emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan so‘ng ma'lum qildi.

«Bunday imkoniyat bor. KXShT eshiklari O‘zbekiston uchun ochiq, biroq bu masala ayni damda kun tartibida emas», - dedi u.

Matviyenkoning qayd etishicha, O‘zbekiston qonunchiligida mamlakatning shunday ittifoqlarga qo‘shilishiga imkon bermaydigan normalar belgilab qo‘yilgan.

«Men bu masala qachondir kun tartibiga qaytishi mumkinligini istisno etmayman, lekin prezident bilan uni muhokama qilmadik», - dedi Matviyenko.

O‘zbekiston MDH xavfsizligini ta'minlashni nazarda tutgan ushbu tashkilotdan 1999 yilda chiqib ketgan va 2006 yil avgustida yana qayta a'zo bo‘lib kirgan edi.

KXShTni barpo etish haqidagi bitim 1992 yilning may oyida Toshkentda imzolangan edi.

Unga sobiq Sovet Ittifoqining to‘qqiz respublikasi a'zo bo‘lib kirgan.

Hozirda ushbu tashkilotga Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a'zo bo‘lib qolmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top