22:53 / 03.10.2019
1
7879
O‘zbekiston va Rossiya 2024 yilgacha o‘zaro tovar aylanmasini 25 mlrd dollargacha yetkazishni rejalashtirmoqda  

O‘zbekiston va Rossiya 2024 yilga qadar o‘zaro tovar aylanmasini 25 mlrd dollargacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan keyin aytdi.

“Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizning iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga samimiy qiziqayotganini ko‘rmoqdamiz. O‘zaro tovar aylanmasi bir necha marotaba o‘sdi. O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 4,4 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Uni yaqin yillarda 10 mlrd dollargacha, 2024 yilga qadar esa 25 mlrd dollargacha yetkazish vazifasi qo‘yildi”, deb aytgan Matviyenko.  

Rossiya vakilining aytishicha, bu marakkab, ammo amalga oshirsa bo‘ladigan vazifa. Matviyenko O‘zbekistonda oxirgi 3 yilda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlardan, turli sohalardagi yutuqlardan hayratda ekanligini aytgan.

“Bu davlat jiddiy iqtisodiyot islohotlar, ta'lim, sog‘liqni saqlashda islohotlar yuz bergan davlatdir”, deb aytgan Federatsiya kengashi raisi va O‘zbekistonda o‘qituvchilar, shifokorlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi ish haqi oshirilgani, yangi maktab va bog‘chalar qurilayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Matviyenko Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari alohida ishonchli ko‘rinishda ekanligini, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni ilgari surish va rivojlantirishga qiziqish bildirishini yana bir bor tasdiqlaganini ta'kidlab o‘tgan. 

“Shu 3 yil ichida Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarida real olg‘alash qilindi”, deb qo‘shimcha qilgan Matviyenko.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top