22:25 / 03.10.2019
0
6506
Rossiya Ozarboyjonga AES qurib berish taklifi bilan chiqdi

Rossiya Ozarboyjonda AES qurishni taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov ma'lum qildi.

"AES ozarboyjonlik hamkorimiz tanlaganidek bo‘ladi. Biz eng qudratli stansiyani taklif etmoqdamiz", - dedi Lixachyov.

"Ozarboyjonda iste'mol jiddiy o‘sib bormoqda. 2018 yil davomida ozarboyjonliklarning elektr iste'moli va generatsiyasi qariyb 14 foizga oshgan", - deb qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil dekabrda Rossiya va O‘zbekiston huqumatlari o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida kelishuv imzolangandi.

«Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. AES har birining quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top