08:17 / 03.10.2019
0
7586

Toshkentdagi bozorlardan birida laboratoriya xodimlari mahsulotlarni tamagirlik yo‘li bilan olib kelgani aniqlandi 

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda «Navro‘z dehqon bozori» AJ hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bozor hududida tuxum, sut va sut mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga, laboratoriya tekshiruv o‘tkazmasdan, har kuni mahsulot sifati tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosani berib, ulardan veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazish qoidalarida ko‘zda tutilgan normalardan ortiqcha mahsulotlar olib, 2019 yilning avgust oyiga qadar jami 20500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo‘li bilan olib kelganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan «Navro‘z dehqon bozori» AJ hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga nisbatan JKning 214-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top