21:31 / 03.10.2019
0
1536
Yevropa Ittifoqida sudlar Facebook’ga izohlarni o‘chirishni buyura olishi mumkin deb topildi

Yevropa Ittifoqi sudi Yevropadagi milliy sud instansiyalari xosting kompaniyalari, misol uchun Facebook’ga tuhmatomuz yoki haqoratomuz deb topilgan izohlarni butun dunyo bo‘ylab o‘chirish yoki bloklashni buyurishlari mumkin deb topdi.  

Yevropaning elektron savdo haqidagi direktivasiga ko‘ra, Facebook agar ma'lumotning noqonuniy ko‘rinishdaligidan bexabar bo‘lsa, u ma'lumotning saqlangani uchun javobgar bo‘lmaydi. 

Lyuksemburg sudi direktiva “YeIga a'zo davlat sudi xosting-provayderga avval noqonuniy deb e'lon qilingan ma'lumot mazmuniga o‘xshash axborotni o‘chirishni buyura olishiga to‘sqinlik qilmasligini” tushuntirgan.  

Bundan tashqari, sudlar “taqiqlangan axborotni o‘chirishni yoki unga global darajada kirishni bloklashni” buyura oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top