16:46 / 04.10.2019
2
32368

Dardga mag‘lub bo‘layotgan G‘arib aka

Inson boshiga tushadigan sinovlar ham, odam uchrashi mumkin bo‘lgan dardlar ham xilma-xil. Kimdir tibbiy yordam, o‘z irodasi, yaqinlarining moddiy va ma'naviy qo‘llab quvvatlashi bilan kasallikni yengib o‘tsa, yana kimdir hozircha ojiz tibbiyot, qo‘l qisqalik tufayli murakkab vaziyatga tushib qoladi. Bugungi qahramonimiz G‘aribjon aka Safarov ham ana shunday holatni boshdan kechirmoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi G‘aribjon aka o‘z umrini vatan himoyasiga bag‘ishlagan, ko‘p yillar harbiy zobit bo‘lgan. Bundan besh yil avval terining jiddiy kasalligi – psoriazga chalindi. O‘z vaqtida davolanmaslikmi, yoki organizmning o‘ziga xos jihatlari tufaylimi, odatda kichik maydonda cheklanib turadigan kasallik shiddat bilan rivojlanib ketdi.

Butun tanani qoplab olgan bu dard va uning asoratlari suyaklar tuzilishigacha ta'sir o‘tkazdi, qiyshaytirib yubordi. Davolanishlar samara bermadi, G‘arib aka bugungi kunda o‘rnidan tura olmay qolgan.

Umidsizlik, tushkunlik kunlarida xorijiy shifokorlar bu kasallikni yengish mumkin ekanligini bildirib, oilaga umid bag‘ishlaydilar. Albatta, hozir asosiy maqsad bu darddan butunlay forig‘ bo‘lish emas, rivojlanishini to‘xtatish, azoblarni yengillashtirish. Shundan so‘ng kelgusi harakatlar rejasi tuziladi.

G‘arib aka Safarovning eng asosiy suratlarini ommaga boricha taqdim etishga iymandik. Ammo siz ko‘rib turganingiz ham u kishining boshiga tushgan sinov qay darajada jiddiyligini ko‘rsatib turibdi.

Oila o‘tgan besh yil davomida bor-budlarini sarflab tugatishgan. Nafaqa puli va topganlari xarajatlarga yetmaydi. Shu bois oila a'zolari yaxshi insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘lmoqdalar.

Azizlar! Sizning saxovatli qo‘llaringiz juda ko‘pchilikning og‘irini yengil qildi va kelgusida ham bu an'ana davom etishiga umid qilamiz! G‘arib aka tushkunlikda chindan ham g‘arib bo‘lib qolmasin...

Plastik karta raqami: 8600 0609 1069 0248 Xalq banki, turmush o‘rtog‘i Narbayeva Shohsanam nomida;

Telefon raqami: +998905214996.

Abror Zohidov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top