01:26 / 04.10.2019
0
10050
Husiylar Saudiya Arabistoniga yangi zarbalar berish bilan tahdid qilmoqda
Foto: Vesti

Yamanlik husiylar ularning tinchlikka chaqirig‘iga Saudiya Arabistoni xayrixohlik bildirmasa, podshohlikka yangi zarbalar berishlaridan ogohlantirishdi.

Husiylarning ta'kidlashicha, yangi zarbalar shunchalik kuchli bo‘ladiki, sentyabrda Saudiya Arabistoni neft obektlariga uyushtirilgan hujum “asyberg uchigina” bo‘lib ko‘rinadi. 

Neft obektlariga hujum uchun javobgarlikni aynan husiychilar o‘z zimmalariga olgandilar. Vashington o‘sha vaqtda buni rad etib, hujumda Eronni ayblagan. Saudiya Arabistoni rahbariyati gapda AQShning bu ayblovlariga qo‘shilgan, biroq amalda husiychilarga qarshi javob amaliyotini boshlagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top