23:31 / 04.10.2019
0
24088
Lukashenko Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainani Rossiya deb yubordi
Foto: TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus va Ukraina regionlarining Jitomirdagi forumida Ukrainani yanglish tarzda Rossiya deb yubordi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning xatosini tuzatgan. 

“Bilasizmi, Vladimir Aleksandrovich, Rossiya regionlarining bu maydonchasi, regionlar rahbarlarining bevosita aloqalari bizga 6 mlrd [dollar]dan ko‘proqqa tezroq yaqinlashishga yordam berdi”, deb aytgan Lukashenko nutqi vaqtida.

Zelenskiy Belarus prezidentining gapini bo‘lib, gap Ukraina haqida borayotganini aytgan.

“Ukrainaning, Aleksandr Grigorevich” , deb tuzatgan hamkasbini Ukraina rahbari.

Lukashenko bunga javoban hazillashib, Zelenskiyni “Vladimir Vladimirovich” [Putinning ismi-sharifini nazarda tutgan] deb yuboribmanmi, deb qo‘rqib ketibman”, deb javob qilgan.

“Qo‘rqib ketibman, nahotki “Vladimir Vladimirovich” degan bo‘lsam-a, deb o‘ylabman”, degan Lukashenko.

“Tangriga shukr, yo‘q!”, deb javob qilgan Zelenskiy. Shundan keyin zalda kulgi ko‘tarilgan.

Avvalroq forum vaqtida Zelenskiy belaruslar qaysi millatga – ukrainaliklarga yoki rossiyaliklarga yaqinroqligi borasida hazil qilgan.

“Men hozirgina “Belaruslar qaysi millatga – ukrainaliklarga yoki rossiyaliklarga yaqinroqmi?” deb o‘ylab qoldim. Va bu savolga javobni tushundim: u belaruslik mehmonlarimiz familiyasida yashiringan”, deb belaruslar va ukrainaliklar familiyalari o‘xshashligiga sha'ma qilgan. Lukashenko Zelenskiyning bu haziliga kulib yuborgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top