08:11 / 04.10.2019
0
2545
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Falastin elchisi bilan uchrashdi
Ismatulla Ergashev / Foto: Xalqaro press-klub

2019 yilning 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Falastin Davlatining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Tarshaxani bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalari hamda mazkur sohadagi xalqaro hamjamiyatning sa'y-harakatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, Muhammad Tarshaxani Falastin-Isroil mojarosini hal qilishning joriy jihatlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top