17:35 / 04.10.2019
0
9616

«Sitroyen»dagi noqonuniy safar yakuniga yetdi

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, fuqaro A.K. boshqaruvidagi “Sitroyen S-5” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, avtomashinaning hujjatlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan avtotransport vositasini olib chiqib ketish bo‘yicha majburiyatnoma muddati 22 kun avval tugaganligi aniqlandi.

Mazkur holatda jami 4 million so‘mdan ortiq to‘lov undirilishi lozimligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xorijiy fuqarolar tomonidan chet davlatda ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalarini mamlakatimiz hududida 1 kalendar yil mobaynida 90 kungacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan holda foydalanishga ruxsat beriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top