11:29 / 04.10.2019
0
12216

Toshkentda yonib ketgan yuk mashinasi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 4 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 2 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Xususan, 2019 yil 3 oktabr kuni soat 19:50da, Shayxontohur tumani, THAY ko‘chasida, “NOWO” rusumli yuk tashuvchi avtoulovning kabinasi yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:54da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:08da bartaraf etilgan.

Yong‘in avtotransport vositasining elektr tizimida qisqa tutashuv vujudga kelishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘rab qolgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top