01:52 / 05.10.2019
0
12884

Bag‘dodda noma'lum kimsalar kuch tuzilmalari xodimlari va namoyishchilarni o‘qqa tutmoqda 

Foto: The Newcastle Herald

Bag‘dodda noma'lum snayperlar 4 kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda “Rudau” telekanali xabar berdi.   

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan 2 nafari kuch tuzilmalari xodimlari, yana 2 nafari namoyishchilar bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Bag‘doddagi tartibsizliklarda umumiy hisobda 42 kishi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar soni 2 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.

Hozirda Iroqda internetga kirish to‘silgan, komendantlik soati kiritilgan.

4 oktyabrda namoyishchilarga Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy murojaat qilib, ularni tarqalishga chaqirgan. Shuningdek, shialar diniy rahnamosi oyatulloh Ali as-Sistaniy ham chiqish qilib, mamlakat rahbariyatini tanqid qilgan va tartibsizliklarni tugatishga chaqirgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top