08:37 / 05.10.2019
1
25042
Jizzaxdagi qotillik fosh etildi

2019 yil 3 oktabr kuni soat 16:00larda fuqaro T.M. (1987 y.t.) va uning otasi M.A. (1964 y.t.) o‘rtasida Jizzax shahri, Madaniyat mahallasida spirtli ichimlik ta'sirida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, T.M. oshxona pichog‘i bilan otasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib jarohat yetkazganligi oqibatida M.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top