21:02 / 05.10.2019
0
8612
La Liga. «Real» qiyin g‘alabaga erishdi. Azar va Xames gol urdi

La Liga 8-turidan o‘rin olgan «Real» hamda «Granada» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Avvaliga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan madridliklar keyinchalik ikkita gol o‘tkazib yuborishdi. O‘yin yakunida esa Xames Rodriges jamoasining 4-golini urdi.

Bu bahsda «Real»ning yangi yulduzi Eden Azar debyut golini urdi. O‘yin davomida «Real» posboni Alfons Areolya qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, jamoasi darvozasiga penalti tepilishiga sababchi bo‘ldi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real»ning ochkolari soni 18 taga yetdi va «Blankos» La Liga jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi. «Granada» esa 2-o‘rinda qoldi.

Real Madrid – Granada 4:2
Gollar:
 Benzema (2), Azar (45+1), Modrich (61), Xames (90+3) — Machis (69, penalti), Duarte (77).
Real Madrid: Areolya, Ramos, Karvaxal, Varan, Odriosola, Valverde, Kazemiro, Beyl (Xames, 83), Kroos (Modrich, 34), Azar (Isko, 69), Benzema.
Granada: Ruy Silva, Duarte, Neva, Dias, Xerman Sanches, Aziz (Vadilo, 51), Montoro (Gonalon, 6), Puertas, Errera, Machis, Soldado (Fernandes, 64).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (43), Karvaxal (54), Xerman Sanches (54), Soldado (56), Areolya (68), Errera (72), Duarte (73), Puertas (81), Xames (90+3).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top