20:55 / 05.10.2019
1
14414

Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo‘linmalariga yangi harbiy texnikalar topshirildi

Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo‘linmalariga zamonaviy avtomashinalarning kalitlari topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Tantanali tadbirda mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hotamjon Yusupov ishtirok etdi.   

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugun harbiy qism va muassasalarga topshirilayotgan yangi texnikalarning barchasi zamon talablarga to‘liq javob beradi. Xususan, bu harbiy texnikaning afzalliklari juda ko‘p. U o‘z vaznidan tashqari 700 kg yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchi sig‘imi 5 kishini tashkil etsa, yuk xonasiga 10 nafar harbiy xizmatchini oladi. Mashina 110 ot kuchiga ega bo‘lib, eng yuqori tezligi soatiga 160 km ni tashkil qiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top