15:15 / 05.10.2019
0
21816
O‘zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik investor ish boshlaydi (video)

Moliya vazirligida quyosh energetikasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha mamlakat tarixidagi birinchi ochiq tender g‘olibini e'lon qilish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. BAAning Masdar Clean Energy kompaniyasi tender g‘olibi deb e'lon qilindi.

Bu kompaniya O‘zbekistonga quyosh energiyasini kilovatt-soatini atigi 2,679 sentga yetkazib berish taklifi bilan chiqdi, bu rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflardan biridir. Jahon banki guruhining Scaling Solar dasturi doirasida DXSh loyihasining amalga oshirilishi mamlakat energetika balansiga 100 MVt qayta tiklanadigan sof energiya qo‘shilishini ta'minlaydi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi tenderning muvaffaqiyatli natijalarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston hukumati yaqin vaqtda qo‘shimcha 400 MVt quyosh energiyasi uchun DXSh bo‘yicha yana bir tender va undan keyin 500 MVt uchun tender o‘tkazilishini e'lon qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top