23:36 / 05.10.2019
0
5788
Shimoliy koreyalik diplomat AQSh bilan ishchi muzokaralar barbod bo‘lganini aytdi

KXDR tashqi ishlar vazirligining alohida ishlar bo‘yicha elchisi Kim Myon Gil AQSh bilan ishchi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma'lum qildi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.

"AQSh muzokaralar stoliga hech narsa qo‘ymaganidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Endi muzokaralarni davom ettirish uchun javobgarlik AQSh zimmasida", dedi Kim Myon Gil.

Shanba kuni Kim Myon Gil boshchiligidagi KXDR delegatsiyasi va KXDR bo‘yicha maxsus vakil Stiven Biganan boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Stokholmda fevral oyida Xanoyda bo‘lib o‘tgan sammitdan beri birinchi marta rasmiy ishchi muzokaralarini o‘tkazdi.

Ryonxap agentligining xabar berishicha, asosiy muzokaralar 2018 yil iyun oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan AQSh-KXDR birinchi sammiti davomida erishilgan kelishuvni amalga oshirishda siljishga erishishga qaratilgandi. Shartnoma yangi ikki tomonlama munosabatlar, mustahkam va barqaror tinchlik o‘rnatish hamda Koreya yarimorolining "to‘liq yadrosizlanishi" yo‘nalishida ishlashni o‘z ichiga oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top