16:50 / 05.10.2019
0
12560

Toshkentda fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan 50 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Foto: RIA Novosti, Vitaliy Timkiv

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda bir guruh shaxslar fuqaro B.S.ning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi holatini videotasvirga olishganligini, ushbu ma'lumotni ish joyiga va oila a'zolariga ma'lum qilish orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan undan 50 ming AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top