18:14 / 06.10.2019
0
4376
Bag‘dod gubernatori tartibsizliklar ortidan iste'foga chiqarildi
Foto: Reuters

Iroq poytaxtida bir necha kun davom etgan tartibsizliklar ortidan kuni Bag‘dod gubernatori Faloh al-Jazoiriy iste'foga chiqarildi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, besh kun davomida vakant lavozimni egallash uchun nomzodlardan arizalar qabul qilinadi.

Yakshanba tongi Iroq poytaxtida so‘nggi kunlar ichidagi eng tinchi bo‘ldi. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, maktablar va davlat idoralari o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. 

Birgina shanba kuni Bag‘dodda xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda kamida 19 kishi halok bo‘ldi - namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya o‘t ochdi va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi. 

Oktabr boshidan beri Iroqning turli qismlarida yomon yashash sharoiti va korrupsiyaga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketganidan buyon mamlakatda 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Eng shiddatli to‘qnashuvlar Bag‘dodda yuz berdi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top