13:15 / 06.10.2019
0
10975

Bloomberg: Turkiya Suriya bilan chegaraga qo‘shin va texnikalarini olib kelmoqda

Foto: AP Photo/Maya Alleruzzo

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "Suriya demokratik kuchlari" (SDK) kurd qurolli koalitsiyasiga qarshi operatsiya e'lon qilganidan keyin Turkiya Suriya bilan chegaradosh Akchakala uyezdiga qo‘shimcha qo‘shin va texnikalarni yubordi. Bu haqda Bloomberg agentligi mahalliy televideniyega asoslanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq Turkiya rahbari Anqara "tayyorgarlikni tugatgani, operatsiya rejasini ishlab chiqishni yakunlagani" va shuningdek, "kerakli buyruqlar berilgani" haqida aytgandi. Erdo‘g‘an, shuningdek, Suriya shimolidagi harbiy operatsiya yer va havo orqali amalga oshirilishini bildirgan. Turk harbiy aralashuvining maqsadi Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni bufer hududiga joylashtirish va kurd qurolli koalitsiyasi kuchlarini siqib chiqarishdir.

Avvalroq, SDK vakili Mustafo Bali turk qo‘shinlari Suriyaning shimoliy-sharqiy hududlariga bostirib kirgan taqdirda ularga qarshi qarshi harbiy operatsiya boshlashini aytgan edi.

Avgust oyida AQSh va Turkiya Suriya-Turkiya chegarasida xavfsizlik hududini tashkil etishga kelishib olganliklari haqida xabar berilgandi. Turkiya tomoniga ko‘ra, yuz minglab suriyalik qochqinlar Turkiyadan bufer zonaga qaytishlari mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top