14:50 / 06.10.2019
0
9774
Germaniya kuchli migratsiya inqirozi yuz berishidan xavfsiramoqda 
Foto: AP Photo / Armin Weigel/ DPA

GFR ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer Yevropada 2015 yildagidan kuchliroq yangi migratsiya inqirozi yuz berishidan xavfsirayotganini aytdi.

"Biz yevropalik hamkorlarimizga YeI tashqi chegaralarini nazorat qilishda ko‘proq yordam berishimiz kerak. Ularni uzoq vaqt yolg‘iz qoldirdik", dedi Zeyexofer Bild am Sonntag tabloidiga bergan intervyusida. "Agar bunday qilmasak, bizni 2015 yildagi kabi, ehtimol to‘rt yil oldingidan ham kuchliroq qochoqlar oqimi kutmoqda", deb qo‘shib qo‘ydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasining yangi rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan birgalikda "bu yana takrorlanmasligi uchun barcha narsani qilish kerak". Bu masala bo‘yicha Germaniya IIV "federal kansler tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda", deya ta'kidladi u.

Germaniya IIVning ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda GFRga 850 mingga yaqin qochoq va muhojirlar kelgan, ularning aksariyati mamlakatga noqonuniy ravishda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top