22:16 / 06.10.2019
0
43145
Rossiyalik milliarder odamlar ustidan 20 ming dollar sochib yubordi (video)

Rossiyalik tadbirkor Igor Ribakov Sankt-Peterburgda o‘tgan ishbilarmonlik anjumanlaridan birida odamlar ustidan 20 ming dollar sochib yubordi. 

Milliarder buni yoshligida otasi unga dollar berib, uni ko‘paytirib, boshqa odamga berishni topshirgani bilan tushuntirgan. Ribakov otasining topshirig‘ini bajarib, tomoshabinlar bilan katta ishlar boshlash uchun “ramziy chipta” bilan bo‘lishishga qaror qilgan. Tomoshabinlar ustiga tadbirkorning imzosi va X10, ya'ni “10 marta ko‘paytir” yozuvi bo‘lgan kupyuralar sochilgan.

Tadbirkor uning hayotdagi maqsadi odamlar baxtiyorligi va farovonligi darajasini oshirishga aylanganini tan olgan. “Bu pullar maqsadimni amalga oshirish uchun sarmoyam. Men sarmoyachiman, sarmoyachi nimagadir pul tiksa, u bu pullarga achinmaydi”, deb aytgan milliarder.  

Ta'kidlanishicha, tadbirkor bir soatlik chiqishi vaqtida 200 ming dollar ishlab topgan. Ribakov sochgan pullarini tashrif buyuruvchilar uchun “keshbek”, ya'ni “qaytim” deb aytgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top