11:26 / 06.10.2019
0
14004

Saudiya Arabistonida erkak va ayol sayyohlarga mehmonxonaning bir xonasida yashashga ruxsat berildi

Foto: Depositphotos

Saudiya Arabistoni hukumati turistik oqimni oshirish maqsadida erkak va ayol xorijliklarga o‘zaro qarindoshlik aloqalari isbotini taqdim qilmay mehmonxonaning bir xonasida yashashga ruxsat berdi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar berdi.

Endilikda ayollarga, jumladan saudiyalik ayollarga, mehmonxonada mustaqil ravishda xona buyurtirishga ruxsat beriladi.

“Saudiya Arabistonining barcha fuqarolaridan mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tayotganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki aloqalarni tasdiqlovchi isbot taqdim qilinishi so‘raladi. Bunday isbot xorijlik sayyohlardan talab qilinmaydi”, deyilgan podshohlik hukumatida. 

Ta'kidlash joiz, Saudiya Arabistoni 2030 yilgacha yiliga 100 mln sayyoh qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Podshohlikda yaqindan ilk sayyohlik vizalari berila boshlandi. Bungacha podshohlikka biznesmenlarga, xorijlik ishchilar va ziyoratchilarga kirishga ruxsat berilgan. Shuningdek, sport tadbirlari yoki konsertlarga tashrif buyuruvchilarga maxsus elektron vizalar berilgan. 

Endilikda podshohlikka kirish vizasi 80 dollarga aylanadi, uni 49 ta davlat fuqarolari olishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top