11:39 / 06.10.2019
0
10273
«Suriya demokratik kuchlari» Turkiya chegarasida yoppasiga urush ochish bilan tahdid qildi
Foto: REUTERS / Rodi Said

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Suriya shimolida o‘tkazilishi reja qilingan harbiy operatsiya haqidagi so‘zlariga «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) tuzilmasi vakili Mustafo Bali munosabat bildirdi.

«SDF xavfsizlik mexanizmlari doirasida ish ko‘radi va mintaqadagi barqarorlikni saqlash uchun qator harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Biroq, biz o‘zimiz va xalqimizni himoya qilish uchun Turkiyaning hech qanday sababsiz uyushtiriladigan hujumini butun chegara bo‘ylab yalpi urushga aylantirishga ikkilanib o‘tirmaymiz», – deb yozdi Bali Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlash haqidagi qaror «bugun yo ertaga» qabul qilinishi mumkinligini aytgan edi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, amaliyotdan ko‘zlangan maqsad – Suriyaning Turkiya chegarasiga yondosh hududlarini Suriya kurdlari kuchlaridan tozalash va bu hududda xavfsizlik zonasini yaratishdir. Turkiya bu zonaga hozirda o‘z hududida bo‘lib turgan Suriya qochqinlarini joylashtirmoqchi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top