23:54 / 06.10.2019
0
8342
Tojikiston Afg‘onistonga 48 afg‘on mahbusini topshirdi 

Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvni amalga oshirish maqsadida Tojikiston turmalarida jazo o‘tayotgan 48 nafar afg‘onistonlik “Sherxon Bandar” chegara postida Quyi Panj orqali Afg‘onistonning Qunduz viloyati rasmiylariga topshirildi.

Bu mahbuslar turli ayblovlar, jumladan chegarani noqonuniy kesib o‘tish, giyohvandfurushlik va boshqa jinoyatlar uchun ko‘p yillardan beri Tojikiston turmalarida jazoni o‘tab kelayotgan bo‘lgan. Endi ular jazo muddatining qolgan qismini Afg‘oniston turmalarida o‘tashadi. 

Afg‘onistonning Dushanbedagi elchisining ta'kidlashicha, bu qadam Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniyning iltimosi bilan ikki tomon afg‘on mahbuslarini topshirish bo‘yicha kelishuvga kelgandan keyin qabul qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top