15:02 / 06.10.2019
1
20266

Xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi Bositxonova boshchiligida Oqqo‘rg‘onda paxta terimiga chiqdi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova boshchiligida qo‘mita jamoasi 5 oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani paxta dalalarida bo‘lib, terimda ishtirok etdi.

«Elmira Erkinovna hasharchi, terimchi ayollar bilan dildan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi rivoji orqali xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishda ularning ham munosib hissasi borligini alohida ta'kidladi.

Samimiy va quvnoq tarzda kechgan muloqotda ayollar o‘zlarining dil izhorlarini bildirishdi, kelajak rejalari haqida o‘rtoqlashdilar», – deyiladi qo‘mita xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, faol terimchi ayollarga esdalik sovg‘alari ulashilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top