18:35 / 07.10.2019
0
13419

AQSh 2020 yilda Yevropaga keyingi 25 yildagi eng yirik sonli qo‘shinni tashlaydi

Foto: Reuters

AQSh kelasi yili Yevropaga – Boltiqbo‘yi va Polshaga Defender 2020 mashg‘ulotlari doirasida eng yirik sonli qo‘shinni tashlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh armiyasining Yevropadagi shtabi ma'lum qildi.

Mashg‘ulotlarda 19 davlatdan 37 mingga yaqin harbiy qatnashadi, bunda Yevropaga 20 mingga yaqin amerikalik askar tashlanadi. Mashg‘ulotlardan maqsad NATOning jangovar qobiliyatini oshirish va potensial raqibga qo‘rquv solishdir.

Germaniya 2020 yilning aprel-may oylarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida logistika markazi bo‘ladi. 

Germaniya tomoni mashg‘ulotlar davomida mavjud infrastruktura – ko‘priklar va yo‘llarning yirik kuchlarni o‘tkazish imkoniyatini tekshirish muhim deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top