14:25 / 07.10.2019
0
5586
Hamyonga joylangan og‘u fosh bo‘ldi

Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo‘lish qat'iy taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi qonunbuzilish holatlari hamon uchramoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan H.O. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur fuqaroga tegishli hamyon ichidan rangsiz sellofanga o‘ralgan sof og‘irligi 1,5 gramm gashish giyohvandlik moddasi topildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top