13:17 / 07.10.2019
8790
«Oazis» turar-joy majmuasi – shinamlik, qulay narx va sifat uyg‘unligi

«Oazis» turar-joy majmuasi poytaxtning nufuzli, shahar shovqinidan uzoq tumanida joylashgan. Doimiy transport qatnovining mavjudligi, atrofdagi qulay shahar infratuzilmasi majmuaning joylashuvini har tomonlama mutanosiblashtiradi. Zamonaviy arxitektura asosida qurilgan turar-joy fasadini bezatishda foydalanilgan jigarrang va havorangning turli tuslari mahorat bilan uyg‘unlashtirilganki, yoqimli ranglar palitrasini hosil qiladi.

Har bir mijoz o‘z ixtiyoriga ko‘ra turli kenglikdagi xonadonlarni tanlab olishi mumkin. 73,4 m² dan 127 m² gacha bo‘lgan kenglikdagi xonadonlarni sizga taklif qilamiz.

«Oazis» turar-joy majmuasida yashash, hordiq chiqarish, ishlash uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Obektni tanlashdan ko‘chib o‘tishgacha – qurilishning har bir bosqichida xonadonning bo‘lajak egasi manfaatlari eng muhim tamoyil hisoblanadi.

Biz har bir loyihaga bo‘lajak mijozlarimizning pozitsiyasi bilan yondashamiz, xonadonlarni o‘zimiz uchun qurgandek mehr va ishtiyoq bilan bunyod etamiz. Xonadonlarni loyihalashtirishda har bir metrdan unumli foydalanilgan, yashash sharoiti uchun kerakli har bir detal inobatga olingan. Biz uchun loyihalarning soni emas, har birining sifatli bo‘lishi muhim. Har bir xonadon individual yondashuv asosida qurilgan.

Original arxitektura, maksimal qulaylik, muhtasham dahliz, bolajonlarning hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan maydoncha, ko‘zni quvnatadigan, ko‘kalamzorlashtirilgan bog‘, yoqimli manzaraga qaratilgan derazalar,  turli formatdagi kvartiralar – bularning barchasi «Oazis» turar-joy majmuasida.

Nega aynan «Oazis» turar-joylari deysizmi? Chunki biz sizga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi xonadonlarni taklif qilamiz:

  • Boshlang‘ich suvoqlash;
  • Plastik romlar;
  • Metall kirish eshigi;
  • Avtonom isitish tizimi;
  • Xonalararo ajratma devorlar;
  • Qo‘riqlanadigan hudud.

«Oazis» turar-joy majmuasidagi xonadonlar narxlari qavatiga qarab, 1 m² maydoni narxi 4.600.000 so‘mdan 5.400.000 so‘mgacha. Shuningdek, 17 oktyabrga qadar 10% dan 15% gacha chegirmalar taqdim etiladi!

Maksimal qulaylik yaratish bizdan, bu qulaylikdan foydalanish esa sizdan!

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 4-daha

Mo‘ljal: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Murojaat uchun telefonlar: (95) 198-55-54, (99) 844-55-54

Elektron pochta: stroydom_88@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Top