19:33 / 07.10.2019
0
13721
O‘zbekistonni to‘g‘ri yoritish

Qanday qilib me'moriy-badiiy yoritish tizimi O‘zbekiston shaharlari jozibadorligini oshirishga, biznesni esa serdaromad qilishga yordam berishi mumkin?

Kunduzi kuchli taassurot tug‘diradigan va boshqalardan ajralib turadigan har qanday bino kech kirishi bilan o‘z ko‘rkini yo‘qotadi. Uni tungi shahar muhitida yorqinlashtirishga esa me'moriy-badiiy yoritish tizimi yordam berishi mumkin. U me'moriy uslubning har bir jihati va bino ko‘rinishiga alohida urg‘u berib, shahar aholisi va mehmonlari e'tiborini tortadi.

Me'moriy-badiiy yoritish nima uchun kerak?

Kuchli me'moriy yoritish tizimi qo‘llanilgan diqqatga sazovor joy yoki bino ko‘chaning  ko‘rkiga aylanadi hamda shaharning o‘ziga xos ramziga aylanishi mumkin. Tegishli talablarga mos yoritilgan binoning estetik ahamiyati oshadi, u turistlarning suratlariga ko‘proq muhrlanadi, ijtimoiy tarmoqlarda “aylanib yuradi” va shu orqali mamlakat qiyofa imijini shakllantirishga yordam beradi.

Me'morchilik va atrof-muhit bilan uzviy bog‘liqlikni yaratuvchi yoritish tizimlari qo‘llanilgan shahar zamonaviyroq ko‘rinadi, bu esa aholining yashirinmas faxrini yuksaltirishga ko‘mak beradi.

Qanday qilib binoni to‘g‘ri yoritish mumkin?

Sifatli me'moriy yoritish tizimi barcha jabhalarni inobatga oladi – binoning ahamiyatini, uning tarixini, iqlimga xosligini, shu jumladan sanitariya me'yorlari va qoidalarini, zero u ko‘zni qamashtirishi emas, binoni bezab turishi kerak. Barcha jabhalarni inobatga olishga malakali mutaxassislar yordam berishi mumkin.

NGR Construction kompaniyasi binolarni O‘zbekiston iqlim sharoitlariga moslashtirilgan me'moriy-badiiy yoritish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Uning asoschilari – aslida O‘zbekistondan bo‘lgan, uzoq muddat chet elda ishlagan hamda yoritish me'morchiligi bo‘yicha bebaho bilimlarga va Yevropa tajribasiga ega insonlardir.

“Vatanga qaytib, rivojlanib borayotgan O‘zbekistonga u uchun yangi bo‘lgan xizmatni taklif qilmoqdamiz”, - deydi kompaniya ijrochi direktori Yunus Jo‘rayev.

Bugungi kunda NGR Construction – O‘zbekistonda tashqi me'moriy-badiiy yoritish tizimlarini ishlab chiqaruvchi va olib keluvchi yagona kompaniyadir.

U binolar, diqqatga sazovor joylar, transport va shahar infratuzilmasi obektlari tashqi ko‘rinishini yoritish bo‘yicha kompleks yechimlarni taklif qilmoqda.

Kompaniya me'moriy yoritish bo‘yicha barcha xizmatlarni ko‘rsatishga tayyor, ya'ni u loyihaning barcha bosqichlarini – yoritish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishdan tortib zaruriy uskunalarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarigacha – o‘zi bajaradi. 

«Svet va soyalardan mohirona foydalanib, odamlar uchun yoqimli va qulay ko‘rinish yaratish, bino yoki e'tiborli joyning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish biz uchun muhim”, - deydi Yunus Jo‘rayev.

Adras ranglaridagi Kadimiy Buxoro

NGR Construction kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk ikki loyihasi – Buxorodagi Poi Kalon me'moriy ansambliga kiruvchi Minorai Kalon va Mir Arab Madrasasini yoritish bo‘ldi.

XVI asrda barpo etilgan ushbu inshootlar YuNeSKOning butunjahon merosi tarkibidan joy olgan va davlatimiz tomonidan ko‘riqlanadi.

Machit va madrasini me'moriy yoritish bo‘yicha asosiy vazifa ularning bo‘linmas tungi qiyofasini yaratishdan iborat edi. Yoritish dizaynini ishlab chiqishda o‘zbek milliy matosi, ya'ni uning ranglari, tabiiy bo‘yoqlari yorqinligi va yoqimli yaltiroqligi asos qilib olindi.

Afsonalarga ko‘ra, adras naqshlarini yaratgan tikuvchi bulutlar va kamalakning ariqdan oqib borayotgan suvdagi aksidan ilhomlangan ekan. Ko‘p asrlar o‘tib, o‘zbek adrasining yorqin ranglari mutanosibligi NGR Construction dizaynerlariga ilhom bag‘ishladi va O‘zbekistonning qadimiy inshootlarini yangi ko‘rinishda taqdim etishga imkon berdi.

Yoritish tizimlarini ishga tushirish kunida Poi Kalon majmuasi oldida ko‘plab insonlar yig‘ildi – yorqin ranglarda jilolangan hashamatli inshootlar buxoroliklarni ham, shaharga tashrif buyurgan ko‘plab xorijiy sayyohlarni ham e'tiboridan chetda qolmadi. Smartfon va fotokameralarga minglab suratlar muhrlandi – oltin ranglari bilan yoritilgan qadimiy devorlar, feruza rangidagi gumbaz, yashil tusga kirgan o‘simlik ornamentiga ega mayolika, sirli binafsharangga burkangan peshtoqlar...

Yunus Djorayev

“Biz O‘zbekiston va uning shaharlarini jonimizdan ortiq ko‘ramiz, ularning har biri o‘ziga xos koloritga, svet va soya o‘yinini qo‘llash orqali rivojlanish istiqbollariga ega, - deydi Yunus Djorayev. – Shuning uchun ham kompaniyamiz o‘z bo‘yniga katta mas'uliyat olgan, O‘zbekiston me'morchiligini to‘g‘ri yoritish rakurslarida taqdim etish uchun bor bilim va tajribamizni qo‘llashga tayyormiz”.

Aloqa uchun: 

Manzil: Buxoro viloyati, Kogon shahri, Buxoroshox ko‘chasi  23,13

Telefon: +998997544004

Pochta: info@ngr-construction.uz

Vebsayt: ngr-construction.uz

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top