20:47 / 07.10.2019
0
42249

Putin o‘zining oylik maoshini oshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining oylik maoshi hamda mamlakat bosh vaziriga beriladigan mukofot puli miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, prezidentning oylik maoshi 2019 yil 1 oktyabrdan 4,3 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, Rossiyadagi qator idoralar rahbarlarining maoshlari miqdori oshirilgan.  

Gap xususan, mudofaa vazirligi, FVV, IIV, FXX, Rosgvardiya, Bosh prokuratura va Tergov qo‘mitasi haqida bormoqda. Ro‘yxatga shuningdek, Tashqi razvedka xizmati va Davlat feldʼegerlik xizmati ham kiritilgan.

Putin 2015 yilda budjet taqchilligi bois davlat yuqori xizmatchilarining maoshlarini 10 foizga qisqartirishni buyurgandi. 2019 yil mayda ularning maoshlari avvalgi darajaga qaytgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top