23:08 / 07.10.2019
0
21581

Tramp Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish bilan tahdid qildi

Foto: REUTERS / Jonathan Ernst

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Anqara uning fikricha, haddidan oshadigan bo‘lsa, "Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish" bilan tahdid qildi.

"Avval ham qat'iy ta'kidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib o‘tadigan bo‘lsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yo‘qotib vayron qilaman", — deb yozdi Tramp o‘zining Twitter-akkauntida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Yevropa davlatlari va boshqalar "IShIDning qo‘lga olingan jangarilari va ularning oilalariga ko‘z-quloq bo‘lishi shart".

"AQSh boshqalar kutganidan ko‘ra ko‘proq ish qildi, jumladan, IShID xalifaligini 100 foiz yanchib tashladi. Endi o‘z hududini himoya qilish navbati mintaqadagi boshqalarga tegishli", — deb yozdi AQSh prezidenti.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top