12:52 / 08.10.2019
0
8565
8 yoshli Regina zudlik bilan Hindistonda shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi kerak

Taxririyatimizga murojaat qilgan bu insonlar sizga yaxshigina tanish. Bundan avval ularning murojaati asosida «Ona nidosi: «Qizimning yuragi to‘satdan to‘xtab qolishidan qo‘rqib yashayapman» sarlavhali xayriya aksiyasi saytimiz orqali e'lon qilingan edi.

Unda jajjigina qizaloq Regina Abduvohidova haqida so‘z boradi. Shifokorlar 8 yoshli Reginaga yurak kengayishining og‘ir shakli, tez avj olish varianti, dilyatatsion kadiomiopatiya tashxisini qo‘yishgan. Lekin jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Reginaning oilasida mablag‘ yo‘qligi sabab bizga murojaat qilishgan. Shundan so‘ng yaxshilar yordami bilan operatsiyaga kerakli mablag‘ yig‘ilib, Regina Hindstonda murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazib kelgan edi.

Hozir Reginaning yuragiga maxsus moslama o‘rnatilgan bo‘lib, jajjigina qizaloqning yuragi ana shu moslama yordami bilan urmoqda. Endi u har 3 oyda borib shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Hozirda moslama o‘rnatilgan joy yiringlab, qizaloqni azoblamoqda. U zudlik bilan yana Hindistonga borishi va shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi kerak. Lekin Reginaning ota-onasi oddiy insonlar. Bir-necha bor o‘zlari harakat qilib, olib borishgan. Keyingi ko‘rikka olib borish uchun esa mablag‘lari yo‘q. Bu haqda tahririyatimizga kelgan Reginaning onasi Muyassar O‘rmonova gapirib berdi.

Aziz yurtdoshlar! Bugun Regina yana bir bor sizning yordamingizdan umidvor. U shifokor bo‘lishni orzu qiladi. O‘ziga o‘xshagan bolajonlarni davolashni, ularga tabassum hadya qilishni niyat qilgan. Siz yaxshilar sabab bu jajji qizaloq darddan butunlay forig‘ bo‘lishi mumkin. Imkoniyat yetguncha qizaloqqa yordam qo‘llarini cho‘zaylik. Alloh qilgan ehsonlaringizni o‘z dargohida qabul qilsin, azizlar!

Hindistonda operatsiya qilingan Reginaxon vafot etdi

Raxmatilla Isroilov tayyorladi


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top