09:44 / 08.10.2019
0
4489

Beruniyda yuz bergan yong‘indan yashash uyining katta qismi zararlandi

Foto: FVV YoXBB

2019 yilning 6 oktabr kuni soat 23:48da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Navoiy MFY, Berdaq ko‘chasi, 34-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 2 daqiqada yetib borgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan uyning 60 kv. metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni uylarga alanganing tarqalishi oldi olingan. 

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmadi. Biroq, yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar berilgani uchun 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borganda, imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. 

Foto: FVV YoXBB

Yong‘in oqibatida yashash uyining 90 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisaning taxminiy sababi - elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top