11:30 / 08.10.2019
12845

«ERIELL Group» kompaniyasining yoshlar siyosati

«ERIELL Group» kompaniyasining yoshlar bilan ishlash sohasidagi siyosati «Kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha kompleks maqsadli dastur»ni amalga oshirishga asoslangan. Uning maqsadi kompaniya kadrlar salohiyatini shakllantirish, tayyorlash va tanlashning uch bosqichli tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlashdir. Kompaniya xodimlarining 52 foizga yaqinini yoshlar tashkil etadi, bu yoshlar siyosatining samaradorligi to‘g‘risida guvohlik beradi va kadrlar boshqaruvi funksional strategiyasiga mos keladi.

«ERIELL Group» kompaniyasi uch yildan buyon strategik sherik hisoblangan qator oliy ta'lim muassasalari bilan ishlaydi. Xususan, Toshkent davlat texnika universiteti, Turin politexnika universiteti filiali, Kimyo texnologiya instituti, shuningdek Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kompaniyaning ishlab chiqarish xizmatlari rahbarlari va bosh mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan neft va gaz sohasidagi ishlarning aspektlari, jahondagi so‘nggi trendlar va texnologiyalar mavzularida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

2019 yilda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining 240 talabasi «ERIELL Group» ishlab chiqarish maydonlarida muvaffaqiyatli amaliyot o‘tadi, ulardan 104 nafar talaba burg‘ulovchining 3-yordamchisi, 73 talaba esa elektr-gaz payvandchisi kasblariga Qarshi shahridagi o‘quv maydonchasida amaliy mashg‘ulotlar bilan beg‘araz asosda o‘qitildi. Shu bilan birga, kompaniya ish joyida, xo‘jalik ishlarida va ta'tilda xavfsizlik texnikasiga alohida e'tibor qaratadi.

Oliy ta'lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirib va amaliyot o‘taganidan so‘ng eng munosib bitiruvchilar o‘z mehnat faoliyatini kompaniya bo‘linmalarida davom ettiradilar. Atigi uch yil ichida 108 nafar bitiruvchi «ERIELL Group» kompaniyasiga ishga qabul qilindi.

Bundan tashqari, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahrida O‘zbekiston neft va gaz sanoatida kadrlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi xalqaro standartlarga muvofiq (23 yo‘nalish va 17 neft va gaz sohasi mutaxassislari) «ERIELL prof education» korporativ o‘quv markazi tashkil etildi.

«Kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha kompleks maqsadli dastur» doirasida «ERIELL Group» kompaniyasi har yili I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan eng iqtidorli abituriyentlar uchun ta'lim shartnomalarini to‘lash bo‘yicha shartnomalar tuzadi. Va bunday shartnomalar soni yildan yilga ortib bormoqda. 2017 yilda 12 ta, 2018 yilda 13 ta, bu yil esa 27 ta ana shunday shartnoma imzolandi.

Kompaniya kelajakda O‘zbekiston neft va gaz sohasining muvaffaqiyati va gullab-yashnashini ta'minlaydigan yosh malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratadi.

«ERIELL Group» kompaniyasi matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top