12:38 / 08.10.2019
0
8792
«Hududgazta'minot» murojaatlar bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
Foto: TASS

Gaz ta'minoti xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha taklif va shikoyatlar, ishlab chiqarish jarayonini mukammallashtirish va ta'minotchi korxona hamda mijoz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda tezkorlik bilan murojaat qilish uchun bugungi kunda “Hududgazta'minot” AJ qoshida 1104 va 99871 200-08-04 ishonch telefonlari ishlamoqda. 

AJ xabariga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgust kunidan boshlab “Hududgazta'minot” koll-markaziga jismoniy va yuridik shaxslardan 443 ta murojaat kelib tushgan. Bugungi kungacha 340 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shulardan 278 tasi ijobiy hal etildi. 60 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan bo‘lsa, 102 ta murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Joriy yilning 16 sentabr kuni “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari” guruhining ish boshlashi aholi bilan o‘zaro muloqot samaradorligini yanada oshirdi. O‘tgan vaqt mobaynida guruh a'zolarining soni 916 kishiga yetib, murojaatlar va sharhlarning soni 2 mingdan oshdi. 

Aholi istak va xohishlarini qabul qilish, ularning gaz ta'minotidagi muammolarini tezkorlik bilan hal etish, mijozlar bilan o‘zaro ishonchli aloqalarni o‘rnatish maqsadida joylardagi “Hududgazta'minot” AJ ijro apparatlarida maxsus koll-markazlari tashkil etilmoqda. Aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida zamonaviy texnikalar joriy etiladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top