14:30 / 08.10.2019
0
6602
Ozarboyjon bosh vaziri iste'foga chiqdi 

Ozarboyjon bosh vaziri Navro‘z Mamedov iste'foga chiqdi. Bu haqda Milliy Majlis raisi O‘qtoy Asadov parlament majlisida ma'lum qildi.

“Bosh vazir Navro‘z Mamedov Ozarboyjon prezidentiga o‘z xohishi bilan iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza taqdim etdi”, dedi spiker.

Asadov hukumat boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgani uchun Mamedovga minnatdorlik bildirdi. Mamedov 2018 yil aprel oyidan buyon bosh vazir lavozimida ishlayotgandi.

O‘z navbatida, parlament prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Ali Asadovni mamlakat bosh vaziri etib tayinlashga rozi bo‘ldi. 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top