21:39 / 08.10.2019
0
4556
O‘zbekiston velosportchilari Osiyo kubogida 14 medalni qo‘lga kiritishdi

7-10 oktabr kunlari Tailandning Suphan Buri shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bugun, 8 oktabr kuni musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Endi sportchilar 17-21 oktabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top