13:50 / 08.10.2019
0
13764

Xitoyda poyezd samolyot kabi tez harakatlanuvchi temir yo‘l qurilishi boshlandi

Foto: Reuters

Xitoyning markazida tezyurar temir yo‘li yotqizilishi boshlandi. U orqali proyezd samolyot tezligi – 1000 km/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

200 kmlik sinov trassasi 2020 yilda ochilishi kerak. Vakuum quvur ichidan o‘tuvchi yo‘l Xubey viloyatida joylashadi. Bunday quvur ichidagi elektr magnitlar o‘ta o‘tkazuvchanlik holatigacha sovitiladi. Magnit yostiqchadagi (maglyov) tarkibning ilk sinovlari minimal – 600 km/soat tezlikda o‘tkaziladi.

Agar texnologiya o‘zini oqlasa, unda Uxandan Guanchjougacha 2200 kmlik yo‘lni 2 soatdan sal ko‘proq vaqtda bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Hozirda maglyov tezligi bo‘yicha jahon rekordi Yaponiyaga tegishli bo‘lib, bu yerda shunday poyezd tajribaviy uchastkada 603 km/soat tezlikda harakatlantirilgan.

Xitoy magnitoplanlar uchun liniyalarni Yanszi va Chjutszyan deltalari orasida qurishni o‘ylamoqda. Bu yerda shaharlararo tezyurar safarlarga talab yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Sayyohlar samolyotlar o‘rniga magnitoplanlarni afzal ko‘rishlari mumkin.

Xitoyda hozirda Pudun aeroportidan Shanxaygacha magnit yostiqchadagi 30 kmlik liniya faoliyat yuritadi. Xitoy tezyurar temir yo‘l aloqasi sohasida dunyo yetakchisi hisoblanadi. Mamlakat poyezdlar tezligi 350 km/soatni tashkil qiluvchi temir yo‘l tarmog‘i bilan qamrab olingan. Bunday poyezdlarning yo‘lovchilar bilan o‘rtacha yuklanishi 82 foizga yetadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top