14:29 / 09.10.2019
0
14736
AQShda to‘qqiz yoshli bola besh kishini o‘ldirishda ayblandi
Foto: Depositphotos

Illinoys shtatida yashovchi to‘qqiz yoshli bola beshta qotillik, ikkita o‘t qo‘yish va bitta og‘irlashtiruvchi holatlarga olib kelgan o‘t qo‘yishda ayblandi. Bu haqda Peoria Journal Star nashriga bergan intervyusida shtat advokati Greg Minger ma'lum qildi.

Nashrning xabar berishicha, bola 6 aprel kuni ko‘chma uyda yong‘in sodir etgan. Besh kishi, shu jumladan uch nafar bola halok bo‘lgan. Ikki kishi jonini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘in kechasi 11da boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borganida, uy butunlay olov bilan qoplangan bo‘lgan.

Mingerning aytishicha, bolaga ayblov qo‘yish qarori uning uchun og‘ir bo‘lgan. 

"Bu fojia, lekin judayam yosh inson eng og‘ir jinoyatlardan birida ayblanmoqda", dedi u.

Agar bola sudlanadigan bo‘lsa, uning yoshi inobatga olinib, besh yillik sinov muddati berilishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top