11:28 / 09.10.2019
0
13624
Flash Up ENERGY «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasi g‘oliblarining har birlariga 33.333.333 so‘m mukofot pullarini taqdim etdi

2019 yilning 2 oktabr kuni Toshkent shahrida «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasining bosh sovrinlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 3 oy davom etgan mazkur aksiya yakunlariga ko‘ra, aksiyaning 3 nafar g‘oliblari 33.333.333 so‘m miqdoridagi pul yutuqlariga ega bo‘lishdi.

Ushbu yoz faslida quvvat baxsh etuvchi ichimlikni sevuvchilar nafaqat sevimli ichimliklarining ta'midan bahramand bo‘lishdi, balki Flash Up ENERGY tomonidan tashkil etilgan aksiyada o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasida 18 yoshga to‘lgan barcha istovchi shaxslar ishtirok etishi mumkin edi. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun esa faqatgina sevimli Flash Up ichimligini sotib olib, qadoqning maxsus kaliti ostidagi yashirin kodni topib, SMS yordamida yoki flash-bank.uz sayti orqali ushbu kodni yuborishlari zarur edi. Qiyin bo‘lmagan uchta qadam va siz aksiya ishtirokchisiz. Har bir kalit FLASH BANK ni 150 so‘mga oshirib borar edi. Shu tarzda, kodlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, mukofotni yutib olish imkoniyati ham shunchalik ko‘payib borar edi. Aksiya butun respublika bo‘ylab amalga oshirildi va hatto eng chekka hududlarni ham qamrab oldi.

Ro‘yxatdan o‘tgan noyob kodlardan g‘oliblarni aniqlash jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshirildi. Barchasi nihoyatda adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi. Har qanday kishi lotereya o‘yinlarining borish jarayonini kuzatish ham aksiyaning shaffofligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Uch nafar omadli kishilar – uch nafar g‘oliblar! Ularning har biri 33.333.333 so‘mdan bosh sovringa ega bo‘lishdi. Biroq, shu bilan  Flash Up ning saxiyligi tugagani yo‘q, axir bundan tashqari 13 nafar ishtirokchilar ham o‘z sovg‘alariga ega bo‘ldilar. Ular SAMSUNG GALAXY A50 smartfonlarining sohiblariga aylanishdi!

Super yutuqlarning baxtli sohiblari o‘z hissiyotlarini bazo‘r ushlab turishdi. Birinchi g‘olib – namanganlik Davlatov Shuxrat o‘z taassurotlarini quyidagicha izhor qildi: «Flash Up ning bosh sovrinini yutganimdan juda ham xursandman. Hissiyotlarim shu qadar jo‘shib ketmoqdaki, tan olaman, aynan men g‘olib bo‘lishimni aslo kutmagandim. Do‘st-u birodarlarimga ushbu ichimlikni hamda Flash Up ning aksiyalarida ishtirok etishlarini tavsiya qilaman!».

«Flash Up ning ta'mi menga juda ham yoqadi va avvallari ham men uni tez-tez iste'mol qilib turganman. Aksiya haqida xabar topganimdan so‘ng, ishtirok etishga qaror qildim. Omad aynan menga kulib boqqanidan juda ham mamnunman!», deya ikkinchi g‘olib Toshkent viloyatidan Abduraimov Izzat o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samarqandlik uchinchi g‘olib Mamatkarimov Umid: «Men aksiya haqida do‘stlarimdan eshitdim va shunchaki omadimni sinab ko‘rish uchun ishtirok etgan edim. Sovringa ham u qadar ishonmagan edim, sababi avvallari ham shunday tanlovlarda yutish imkonim bo‘lmagan. G‘olib bo‘lganimdan juda ham shodman va yutuq uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman!» - deb e'tirof etdi. 

Omadli g‘oliblar va ishtirokchilar Flash Up aksiyasi uchun minnatdorchilik bildirdilar hamda kelgusida bunday qiziqarli va maroqli tadbirlarni o‘tkazishlariga umid bildirib qoldilar.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top