18:46 / 09.10.2019
0
5449
Germaniyaning Halle shahrida otishma va portlash sodir etildi
Foto: AP Photo / DPA/ Sebastian Willnow

Germaniyaning Halle shahrida otishma sodir bo‘lishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, otishmadan so‘ng bir kishi qo‘lga olingan, ammo qo‘lga olingan shaxsning kimligi to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.

Halle politsiyasining bildirishicha, otishmani kamida ikki kishi sodir etgan. Ular voqea joyidan avtomobilda qochib ketishgan. 

OAVning ma'lumot berishicha, otishma sinagoga yaqinida sodir bo‘lgan, shuningdek, noma'lum shaxs yahudiylar qabristoniga granata uloqtirgan.

"Bo‘linmalarimiz bir kishini hibsga oldi. Shunga qaramay, hushyorlikni saqlang. Politsiya Halle okrugida katta kuch bilan ishlamoqda va barcha ma'lumotlar aniqlanmagunicha vaziyatni barqarorlashtirish uchun harakat qilmoqda", deb xabar berdi Halle politsiya boshqarmasi Twitter orqali.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top