13:02 / 09.10.2019
0
10129
«INNOWEEK»– innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok eting!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 29–31 oktabr kunlari «UzEkspoMarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida chet el va mahalliy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion jamg‘armalar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes inkubatorlarni bir davrada jamlaydigan «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazadi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan «INNOWEEK» haftaligi mahalliy tadbirkorlar va bo‘lajak sarmoyadorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, chet el sarmoyadorlarini jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi ishbilarmon doira vakillari, yetuk olimlar, kompaniya boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilayotgan haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma, Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi hamda xalqaro robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi.

Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun yurtimizda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, bo‘lajak investorlar va tadbirkorlarni «INNOWEEK» haftaligiga taklif qilamiz.

Siz ham tashrif buyuring va biznesingiz rivoji uchun foydali bo‘lgan bitimlar va kelishuvlar imzolanishiga erishing! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

 Murojaat uchun tel: 
+99890 9750666
+99890 9494994

 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:
Sayt: www.innoweek.uz
Sayt: http://spcenter.uz/uz
Telegram: t.me/innovation_centertashkent   

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top