10:00 / 09.10.2019
0
6583
«Milan» bosh murabbiyni iste'foga chiqardi. Bu murabbiy antirekord o‘rnatdi

«Milan» klubi bosh murabbiy Marko Jampaolo bilan xayrlashdi. Klub matbuot xizmati rasman xabar berishicha, 51 yoshli mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarildi. 

Jampaolo boshqaruvida «Milan» A Seriyaning 7 turida 3 marta g‘alaba qozonib, 4 marta yutqazdi va 9 ochko bilan 10-o‘rinda joylashdi. 

Ushbu mutaxassis klubdagi faoliyati davomida yangi antirekord o‘rnatdi - u «Milan» tarixida eng kam ishlagan murabbiyga aylandi. Jampaolo «Milan» bosh murabbiyligiga 19 iyun kuni tayinlangan va u bilan yiliga 2 million yevrolik maosh to‘lash nazarda tutilgan 2 yillik shartnoma imzolangandi. U «rossoneri»ni atigi 111 kun boshqardi.

Yaqin vaqtlar ichida «Milan»ga Stefano Pioli bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top