20:13 / 09.10.2019
0
16128
Qirg‘iziston dunyoda birinchi bo‘lib fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muammosiga barham berdi

Qirg‘iziston dunyoda birinchi bo‘lib fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muammosini hal qilgan o‘ziga xos davlatga aylandi. Bu haqda BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Grandi boshqa davlatlar ham Qirg‘izistondan o‘rnak olishi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muammosini hal qilishda uning tajribasidan foydalanishiga umid bildirgan.

Oliy komissar, shuningdek, Qirg‘iziston hukumatini qochoqlar huquqlarini himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun olqishlagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top