19:57 / 09.10.2019
0
11611

Tramp Vashington Yaqin Sharqdagi urushlarga qancha pul sarflaganini aytdi

AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalarga 8 trillion dollar sarfladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda jang qilish va tartibni saqlash uchun sakkiz trillion dollar sarfladi", deb yozdi u tvitterda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada minglab amerikalik harbiylar, "boshqa tomondan" esa millionlab kishilar halok bo‘lgan.

"Yaqin Sharqqa borish mamlakatimiz tarixidagi eng yomon qaror bo‘lgan", deya ta'kidladi u AQSh Iroqning ommaviy qirg‘in quroliga egaligi to‘g‘risidagi bahona bilan mintaqaviy urushlarga kirganini eslatarkan.

Trampning ta'kidlashicha, hozir Vashington "asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan" Amerikaning "buyuk askarlari va harbiylarini uylariga" olib ketmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top