20:51 / 10.10.2019
0
20611

Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi, Saudiya Arabistoni va Misrni tanqid qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari Anqaraning Suriyadagi harbiy amaliyotini tanqid qilishgandan keyin ittifoq davlatlariga suriyalik qochqinlar uchun chegaralarini ochib yuborish bilan tahdid qildi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, ayni vaqtda Turkiyada 3,5 mln suriyalik qochqin bor. 

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti mamlakatga Kurdiston ishchi partiyasi-Suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari terrorchilari xavf solayotganini qo‘shimcha qilgan.  

“Yevropa Ittifoqi, nihoyat o‘zingga kel. Yevropa Ittifoqi hech qachon samimiy bo‘lmagan, ular bizni aldab kelishgan. Agar ular amaliyot biz tomondan okkupatsiya bo‘layotganini aytishsa, unda qochqinlar uchun eshiklarni ochib yuboramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Turkiya yetakchisi, shuningdek, Anqaraning Suriyadagi harakatlarini qoralagan Saudiya Arabistoni va Misrni tanqid qilgan. 

“Saudiya Arabistoni ko‘zguga bir qarasin. Yamanni shu ahvolga kim olib keldi? Oldin shu narsa uchun javob berishsin. Sizning bizga gapirishga umuman haqqingiz yo‘q. Misr umuman jim o‘tirsin, u yerda o‘z davlatida demokratiyani o‘ldirgan odam hukmronlik qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya 9 oktyabrda Suriyada kurd otryadlariga qarshi “Tinchlik manbai” harbiy amaliyotini boshladi. 

Mavzu
Turkiya va kurdlar
Turkiya 9 oktabr kuni Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi quruqlikdagi harbiy kampaniya boshladi. «Tinchlik bulog‘i» nomli amaliyotdan maqsad - Turkiya chegaralari yaqinida terrorchilar uchun yo‘lak qoldirmaslik hisoblanadi
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top